Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan O'zbekiston yoshlar Ittiffoqi Quva tuman Kengashi tomonidan "Xotira marafoni" tashkil etildi.

×

 2019-05-03 11:09:29    587

PDF yuklash
Chop etish


Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu marafonda tuman sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari,  ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi faollaridan iborat mingdan ortiq yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
5 kilometr masofani tashkil etgan marafonda ishtirokchilar yosh kategoriyasiga qarab 2 ga bo‘lindi. Ya’ni birinchi bosqichda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 2 bosqich 18 dan 30 yoshgacha va 3 bosqichda ayollar o‘zaro bellashishdi.
Marafon g‘olib va sovrindorlariga tuman Kengashi tomonidan Velosiped, Artel pechi va esdalik sovg‘alari topshirildi.