Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
1-ДМТТda "Ochiq eshiklar kuni"
2022-08-11 12:50:53 926
Bolalik – hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg’ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to’la lahzalardir.
Belgilangan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lom, jismoniy barkamol va har tomonlama rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor berish zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish yozgi sog’lomlashtirish davrida amalga oshiriladi. Aynan, yoz faslida bolalarning ochiq havoda ko’proq sayr qilishlari, tanasini chiniqtirish, harakatda bo’lish va salomatligini mustahkamlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qulay va zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi.
SHuningdek, yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish, qiziqarli va yorqin o’tishini ta’minlash, charchoqyozdi mashqlar, turli ko’ngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish, kichik sayrlarni tashkillashtirish, ijodiy va amaliy ishlarni bajartirish, suv muolajalarini o’rinli qo’llash va alohida belgilangan kun tartibiga qat’iy amal qilish tavsiya etildi.
Joriy yilning 10 avgust kuni ushbu jarayonni tashkil etish yuzasidan tumandagi Toshkent MFY joylashgan 1- Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ochiq eshiklar kuni” seminar tashkil etildi. Seminarda tumanda faoliyat olib borayotgan DMTT direktorlari, uslubchilar, psixologlar hamda tarbiyachilar ishtirok etdilar.
Yozgi sog’lomlashtirish davri boshida “Bolalar xavfsizligi va sog’lig’ini muhofaza qilish” yo’riqnomasi bilan barcha pedagog xodimlarini tanishtirildi hamda tashkilotning metodisti, hamshirasi, jismoniy tarbiya yo’riqchisining yozgi davrda amalga oshiriladigan vazifalari aniq belgilab berildi.
Seminarda 1- DMTT direktori so’z olib, yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari samarali o’tkazilishi maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasining o’z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko’rishiga bog’liqligi, bu davrda bolalarning sog’ligini mustahkamlash uchun bor imkoniyatlardan foydalanib maydonchalarni tayyorlash, barcha tadbirlarni har bir bolani yaxshi rivojlanishi va ularni chiniqtirishga qaratish lozimligi haqida o’zining fikrlarini bildirib o’tdi.
Seminar haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Tashkilotga tashrif buyurgan mehmonlarga tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida “Quvnoq sog’lom bolalar”, “Suv qiroli mehmonda” mavzularida sahnalashtirilgan dasturlar namoyish etildi.
Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbir esda qolarli lahzalarga boy bo’ldi. Bir so’z bilan аytganda, dilbandlarimizning bolajon xalqimiz va g’amxo’r Yurtboshimizning mehri va e’tibori og’ushida ulg’ayib, kamolga yetayotganining o’zi ulkan saodatdir.