Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA 2515 GEKTAR QISHLOQ XO’JALIGI YERLARIDA TOMCHILATIB SUG’ORISH TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI.

×

 2021-07-03 12:27:35    931

PDF yuklash
Chop etish


Ekinlarni sug’orishda ilg’or usullardan hisoblangan tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy qilish borasida tumanimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tomchilatib sug’orish usuli o’zining yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Ya'ni suv resurslari cheklanganlik sharoitida kam suv sarflab, barqaror yuqori hosil olish imkonini beradi. Shu bilan birga, tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy qilgan fermer xo’jaliklari, ushbu texnologiya joriy qilingan yer maydoni bo’yicha 5 yil muddatga yagona yer solig’i to’lashdan ozod etilishi yuzasidan Soliq kodeksiga o’zgartirishlar kiritildi. Buni yaxshi anglagan mirishkor fermerlarimiz tomonidan paxtachilik-g’allachilik va bog’ maydonlarida mazkur texnologiyalarni joriy etish bo’yicha ishlarni boshlab yubordilar. 

Tumandagi Qosim Karvon fermer xo’jaligida viloyat prokurori o’rinbosari F.Ismoilov, tuman sektor rahbarlari va qishloq xo’jaligi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan tumandagi fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida dala sharoitida o’tkazilgan seminarda ham fermer xo’jaliklari yer maydonlarida tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish va amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan so’z yuritildi.


Shuningdek seminar yig’ilishi davomida 2021 yil hosili uchun ekilgan g’o’za maydonlarida g’o’zani saratonda sug’orish ishlarini tizimli tashkil etish bo’yicha mutaxassislar va sektor rahbarlari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube