Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Soliqchi tadbirkorga ko'makchi

×

 2022-05-10 18:12:37    361

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida Quva tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli deyarli xar kuni ochiq muloqot, mobil aloqa telefoni orqali muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, ularning muammolari o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil aprel oyi davomida Quva tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 117 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi.

Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’lgan 35 ta yangi tashkil etilgan  tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda ko’nikma va tushunchalar berilgan bo’lsa, 3 tasiga  E-ijara AAT bo’yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo’yicha ko’maklashilgan,  79 tasiga qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish tartibi, soliq xisobotlarini elektron shakllantirish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta,  Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

 

R.Qoraboeva
Quva tuman davlat soliq
inspektsiyasi boshlig’i vvb: