Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SENATOR QUVA TUMANI FAOLLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2021-09-08 17:54:58    683

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 8 sentyabr kuni Quva tumani hokimligida O’zbekiston Respublikasi Senatida doimiy asosda ishlovchi senator Salimova Manzura Alimovna hamda Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati Mexmonova Dilorom Dadajonovnalar Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi deputatlari, tuman faollari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda senator M.Salimova shu yilning 26-27 avgust kunlari o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n sakkizinchi yalpi majlisining kun tartibiga kiritilgan va muhokama etilgan 18 ta masala, jumladan, 8 ta qonunning mazmuni va mohiyatini uchrashuv qatnashchilariga batafsil tushuntirishdi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga esa javoblar berildi.

Uchrashuv yakunida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko’rik-tanlovini o’tkazish bo’yicha Nizomga asosan Senatning Fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi tomonidan e'lon qilingan tanlovning tuman bosqichi g’oliblariga esdalik sovg’alari va diplomlar topshirildi.

Jumladan: “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi”  Tuman adliya bo’limi boshlig’i Abduvaxopov Mirzoxidjon Madaminovich, Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” tuman Qizil yarim oy jamiyati ijrochi direktori Abduraxmonova Maxpiratxon Qo’chqorovna, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub'ekti” “Quvonchbek Zoxidjon fermasi” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Xakimov Zoxidjon Zokirjonovich, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” Namuna mahalla fuqarolar yig’ini raisining oila, xotin qizlar ijtimoiy, ma'naviy ishlar bo’yicha o’rinbosari Teshaboyeva Etiborxon Sobirjonovna, “Maxalla besh tashabbus beshigi” Qayirma maxalla fuqarolar yig’ini raisi Malikova Salimaxon, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik”  nominatsiyasi tuman hokimligiga topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube