Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PENSIYA VA NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILADI

×

 2021-09-14 17:34:44    571

PDF yuklash
Chop etish


Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lamini kengaytirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:

2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.

2021 yilning 1 sentyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so’m;

bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so’m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so’m;

yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so’m;

bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so’m;

zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so’m;

ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo’shimcha to’lovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 so’m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so’mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo’yicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 so’m;

1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 2 750 000 so’m etib belgilandi;

boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 440 000 so’m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to’lanadi;

boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 440 000 so’m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun 165 000 so’mdan qo’shilishi belgilandi.

R.Turdiyev

Quva tuman Byudetdan tashqari
pensiya jamg’armasi raxbari


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube