Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SAYYOR SUDDA JAZOLAR YENGILLASHTIRILDI

×

 2021-09-24 16:48:06    738

PDF yuklash
Chop etish


Bilib bilmay jinoyat ko’chasiga kirgan inson xatosidan to’g’ri xulosa chiqarib, tuzalish yo’liga o’tar ekan, uni kechirish, munosib hayotga qaytishi uchun imkon berish xalqimizning yuksak fazilatidir. Bunday insonparvarlik Davlatimiz rahbari tomonidan mahkumlar afv etilayotgani, sayyor sudlarda jazolar yengillashtirilayotgani, mahkumlar muddatidan ilgari shartli ozod etilayotgani kabi jarayonlarda ham o’z isbotini topmoqda.

Bugun Quva tumani hokimligi binosida o’tkazilgan sayyor sud majlisida ham bu yaqqol namoyon bo’ldi. Quva tumani sudining sudyasi Q.Abdullayev raisligida o’tgan majlisda tuman Ichki ishlar bo’limining taqdimnomasiga asosan jazo muddatini o’tashi davomida ijobiy tavsif berilgan, olib borilayotgan tarbiyaviy tadbirlardan o’ziga to’g’ri xulosa chiqargan, namunali xulqi, jamoat ishlarida faolligi, mehnatga ijobiy munosabati tufayli 12 nafar axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan fuqarolarning masalasi ko’rildi va jazo muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

 

Bu kabi tadbirlar aslo to’xtab qolmaydi. Tarbiyaviy profilaktik tadbirlar davom etar ekan, undan munosib xulosa chiqarganlar mukofotini ham olaveradi.

 

Q.Abdullayev
Quva tumani
sudining sudyasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube