Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QONUNLAR TARG’IBOTI

×

 2021-03-25 19:17:37    589

PDF yuklash
Chop etish


Yuksak huquqiy madaniyat demokratik-huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Zero, fuqarolarning qabul qilinayotgan va amaldagi qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishi va o’zlarining huquqlari, burchlari va majburiyatlarini to’la-to’kis ado etishi, qonunlarni hurmat qilishi huquqiy-demokratik davlatning muhim shartidir. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlardan aholini keng xabardor qilish maqsadida Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudi tomonidan joylarda targ’ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan tumandagi Iftihor MFY binosida o’tkazilgan uchrashuvda ham ana shunday targ’ibot ishlari olib borildi. Uchrashuvda jinoyat ishlari bo’yicha Quva tumani sudi raisi Z.Omonov, tuman prokuraturasi va IIB xodimlari shuningdek, mahalla faollari ishtirok etdilar. Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, yangi qabul qilingan qarorlar, jumladan, O’RQ 671, 673, 675-sonli qonunlari mazmun mohiyati yig’ilish ishtirokchilariga tushuntirildi, shuningdek "Odam savdosi-transmilliy jinoyat" mavzusida targ’ibot ishlari amalga oshirilib bukletlar tarqatildi, fuqarolarning yangi qonunlar bo’yicha bergan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Bundan tashqari uchrashuv davomida sayyor sud o’tkazilib jinoyat va ma'muriy ishlar ko’rib chiqildi.

Z.Omonov
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudi raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube