Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
2022-yil III choragi mobaynida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
2022-10-20 16:39:46 462
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 20-apreldagi Jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VI-38-77-11-156-K/22 sonli qarori bilan tasdiqlangan na’munaviy Nizomning 27, 29-bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida xalq deputatlari Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 20-apreldagi Jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VI-38-77-11-156-K/22 sonli qarori bilan tasdiqlangan na’munaviy Nizomning 27-bandiga asosan 2022-yil III choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri J.Zakirovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Mazkur qaror bilan quyidagilar:
2022-yil III choragida “Tashabbuslibudjetlashtirish” jarayoni natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1va 2-ilovaga muvofiq;
2022-yil III choragida “Fuqarolartashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
2022-yilda III choragida “Fuqarolartashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), Mahalla va oilani qo‘llab quvatlash bo‘limi (A.Isaxonov), Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (U. Solijonov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda kelgusida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), tuman hokimligi axborot xizmati (T.Xolmatov) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (N.Komilov), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish ma`salalari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X.Umarov