Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 4 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


Huquqiy savol

×

 2022-12-30 11:44:22    368

PDF юклаш
Чоп этиш


Savol: Shar’iy nikoh asosida oila qurgan ota farzandiga  aliment to'lashdan bosh tortsa qanday chora ko'rish mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13, 61, 61-moddalarida bu haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

13-modda. Nikoh tuzish tartibi

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

61-modda. Ota-onaning arizasi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi.

Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza bolaning tug‘ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash to‘g‘risida bola tug‘ilgandan so‘ng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni bo‘lmay qolishi yoki mushkul bo‘lishini ko‘rsatuvchi asoslar mavjud bo‘lsa, tug‘ilajak bolaning o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad etilganda, o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

62-modda. Otalikning sud tartibida belgilanishi

O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning o‘zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin sud shu qaror nusxasini bola tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi.

Demak, otalik sud tartibida yoki FHDY organlarida belgilangandan so‘ng, bolaning otasi etib belgilangan shaxsga otasi (onasi) aliment to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Bolani moddiy ta’minlashdan bosh tortganlik uchun ma’muriy javobgarlik mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasida ushbu norma keltirilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng, ushbu harakatlar bir yil davomida takrorlansa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.