Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA 30 NAFAR BOLALARNING XATNA TO’YLARI O’TKAZIB BERILDI.

×

 2021-06-01 15:03:29    713

PDF yuklash
Chop etish


“1-iyun Bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan Quva tumanidagi 30 nafar bolalarning xatna to’yi o’tkazib berildi. Bu o’tkazilgan qo’shaloq byramttadbiri bolajonlarga br olm quvonch va zavq bag’ishladi.

Tantanali tadbirda so’zga chiqqan tuman hokimi X.Umarov xamda sektor raxbarlari mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo’lib yashashini ta'minlash, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag’rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladilar. Shu o’rinda bolajonlarni va ularning ota-onalarini bugungi tadbir hamda “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati ilan muborakbod etib ularga esdalik sovg’alari va sarpolarni topshirdilar.

Kam ta'minlangan oilalar farzandlari bo’lgan bolalarning sunnat to’ylari milliy an'analarimiz asosida o’tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to’y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo’lib, prezidentimizga, viloyatmiz va tumanimiz raxbarlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Albatta to’y tantanalari kuy-qo’shiqlarsiz tatimaydi. Xatna to’yida elimiz ardog’idagi san'atkorlar va tuman madaniyat bo’limi ijodkorlari tomonidan kuylangan kuy-qo’shiqlar barchaga manzur bo’lib, bayramga o’zgacha fayz olib kirdi.

Darxaqiqat saxovatpesha insonlari bor tinch va jannatmakon yurtimizga shunday bayramlar va to’y tantanalari yarashadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube