Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA YANGI QURIB BITKAZILGAN “HUNARMANDLAR MARKAZLARI” FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-09-12 10:31:37    660

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizdagi 300 o’rinli "Hunarmandlar markazi" ochilishida viloyat hokimi o’rinbosari F.Qosimov, tuman hokimi X.Umarov, sektor rahbarlari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.


Tadbir avvalida tuman hokimi X.Umarov so’zga chiqib barcha quvaliklarni ushbu qurib bitkazilgan muhtasham bino bilan tabrikladi.

 

Shundan so’ng karnay-surnay sadolari bilan ramziy tasma qirqildi. Markaz rahbari, mashhur hunarmand “Ismoiljon gilamlari” ishlab chiqarish korxonasiga tantanali tarzda ramziy kalit topshirildi. Mehmonlar 3 qavatli bino ichkarisiga kirib, bu yerdagi savdo kompleksi va ko’rgazmalar zali, gilam to’qish hamda atlas va adras matolarini ishlab chiqarish bo’limlari bilan tanishdilar.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan “Xunarmandlar markazi”ning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman faollari ushbu markaz faoliyatini yanada jonlanishiga, bu yerda ko’plab ish o’rinlari yaratilib, yurtdoshlarimiz turmush farovonligi oshishiga hissa qo’shishiga ishonch bildirdilar.


Ma'lumot o’rnida shu alohida ta'kidlash lozimki shu kunning o’zida viloyatimizning o’zida viloyat mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 57,9 mlrd.so’m ajratilgan jami 13 ta yangi “Xunarmandlar markaz”lari ish boshladi.


Ularda 4000 nafar ishsiz fuqarolar, ayniqsa, ayollar va yoshlarning bandligini ta'minlash rejalashtirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube