Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TUMANDA «KEKSALAR HAFTALIGI" MUVAFFAQIYATLI O’TMOQDA.

×

 2021-10-09 18:37:08    537

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari Quva tumanining barcha hududlarida “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan g’oya ostida “Keksalar haftaligi” ko’tarinki ruhda o’tkazilmoqda.

Milliy an'ana va qadriyatlarimizning o’ziga xos ko’zgusi sifatida bo’lib o’tayotgan mazkur haftalik nuroniylar ko’nglini ko’tarishda, ularni qo’llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

    Shu kunlarda haftalik juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tmoqda. Jumladan, 5-9 oktyabr kunlari joylarda keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida tumandagi 65 ta mahallada xalq deputatlari Quva tumani Kengashi raisi X.Umarov, deputatlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining keksa avlod vakillari bilan ochiq muloqotlari, ularni qadirlash bo’yicha bayramona tadbirlari o’tkazilmoqda.

     Yoshi ulug’ insonlarning boy hayotiy tajribasi, ibratli faoliyati, umuman, jamiyatga munosabati navqiron avlod uchun muhimdir. Uchrashuvlarda tuman rahbariyati, deputatlari nuroniylarning bugungi kunda yoshlarni ona-Vatanga sadoqali bo’lish milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruxida tarbiyalash, vatanparvar etib voyaga yetkazishda qo’shayotgan xissalari uchun o’z minnatdorliklarini bildirishdi.

Nuroniy otaxon hamda onaxonlarga bir piyola choy ustida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Umarovning esdalik sovg’alari topshirildi. Bir so’z bilan aytganda, "Keksalar haftaligi" yurtimizda nuroniylar hamisha e'zoz va e'tiborda ekanining yana bir yorqin amaliy namunasi bo’lmoqda.

     Keksalarni qadrlash tadbirlari tumanda qizg’in davom etmoqda. 

        Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube