Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANI PROKURORI TASHABBUSI BILAN 12 NAFAR BOLAJONLARNING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZIB BERILDI.

×

 2021-10-16 14:27:32    607

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani prokurori, 2-sektor rahbari O.Toshmatov tashabbusi bilan sektor hududida istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarning 12 nafar farzandlariga sunnat to’yi o’tkazib berildi. 

 

Tantanali to’y tadbirida viloyat prokurori o’rinbosarlari, Quva tumani hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Kam ta'minlangan oilalar farzandlari bo’lgan bolalarning sunnat to’ylari milliy an'analarimiz asosida o’tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to’y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo’ldi.

 

Tantanali tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo’lib yashashini ta'minlash, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag’rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi. 

 

Tantanali tadbirda tuman prokurori hamda homiylar tomonidan bolalarga to’y sarposi, ust-bosh qilib berildi, velosipedlar va boshqa esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Milliy an'analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo’g’rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shu bilan birga, ularning ertangi kunga bo’lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube