Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Shahar hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashdi

 2017-09-28 11:53:25    848

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar hokimi Sh.Erkaboev Olimpiya zaxiralari kollejida ta’lim-tarbiya olayotgan sportchi yoshlar bilan uchrashdi.

Shahar hokimi dastlab Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning O’zbekiston "Kamolot" YoIHning IV qurultoyidagi ma’ruzasida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni har tomonlama barkamol insonlar qilib voyaga etkazish borasidagi dolzarb masalalarga hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining o’tgan davrdagi faoliyatiga tanqidiy-tahliliy munosabat bildirgani hamda yurtboshimizning taklifi bilan "Kamolot" YoIH negizida yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo’la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani haqida to’xtalib o’tdi.

Yoshlar bizning kelajagimiz. Kelajagimiz esa sizlar bugun olayotgan taolim-tarbiyaga ko’p jihatdan bog’liq, Shu nuqtai nazardan qaraganda, farzandlarimizni buyuk kelajagimizning munosib  vorislari etib voyaga etkazish har birimizning zimmamizga katta masuliyat yuklaydi, dedi shahar hokimi.

So’ngra mamlakatimizda mavjud yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, kelajak avlodlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish bugungi kunda eng dolzarb vazifalar sirasiga kirishini ta’kidlar ekan, shahar hokimi viloyatimiz markazida yoshlarning chuqur va puxta bilim olishlari, istedod, qobiliyat va intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratib berilgani, jumladan eng zamonaviy o’quv muassasalari va sport majmualari    bunyod etilgani haqida gapirib o’tdi.

O’z navbatida, yoshlarimiz yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mustaqil vatanimizning munosib farzandlari, jamiyatimizning jismonan va ma’nan sog’lom insonlari sifatida ota-onalari ishonchini qozonishlari zarurligi, ularning yuzini erga qaratmaslik, Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Mirzo Bobur singari buyuk ajdodlarimiz avlodlari ekanliklarini hech qachon unutmasliklarini ta’kidladi.

Sport bilan muntazam mashg’ul bo’lgan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Ular tengdoshlariga hamisha namuna bo’lishlari kerak, qolaversa sportsevar yoshlar bilib-bilmay jinoyat ko’chasiga kirgan, diniy ekstremistik oqimlarga moyil yoshlarni bunday nomaqbul yo’ldan qaytarish uchun jonbozlik ko’rsatishlari lozim, dedi shahar hokimi.

Shuningdek, uchrashuvda hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani, kitob insonning maonaviy boyligini oshirishi hamda internetga ruju qo’ygan ba’zi yoshlarning odob-axloqi haqida fikrlar bildirildi.

Uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan savollar va takliflarga shahar hokimi Sh.Erkaboev tegishli javoblar qaytardi. Xalqaro musobaqalarda vatanimiz bayrog’ini baland ko’targan sportchilarga va kitobsevar yoshlarga shahar hokimligining esdalik sovg’alari hamda badiiy kitoblar topshirildi.

SURATDA: kollej o’quvchisi, boks bo’yicha jahon chempionati sov-rindori Bilolbek Mirzarahimov tengdoshlari Sobirxo’ja Yusupov va Elbek Hasanov bilan.IMG 113888888