Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH BORASIDA 2019 YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN TAHLILIY A X B O R O T

×

 2020-01-17 11:07:00    664

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida ko’rib chiqish hamda ularda ko’tarilayotgan masalalarni belgilangan tartibda qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda.

2019 yil davomida viloyat hokimligiga 25 151 ta (2018 yilda 34 585 ta) murojaatlar kelib tushdi. Shundan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari elektron tizimi orqali 18 174 ta, viloyat hokimligiga to’g’ridan-to’g’ri 3 796 ta yozma va 3181 ta og’zaki murojaatlardir.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy bilan ta'minlash va ta'mirlash, uy-joy qurish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun yer maydonlari ajratish, moddiy yordam ko’rsatish hamda oilaviy munosabatlar masalalaridir.

Eng ko’p murojaatlar Farg’ona (3916 ta), Qo’qon (2258 ta), Marg’ilon (2080 ta) shaharlari, Oltiariq (1669 ta), Rishton (1495 ta), Quva

(1382 ta), Farg’ona (1243 ta), Uchko’prik (1089 ta), Dang’ara (1085) va Bog’dod

(1014 ta) tumanlari hisobiga to’g’ri kelmoqda.

Eng ko’p murojaatlar tushayotgan hududlarda yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida 2019 yil davomida viloyat hokimi va hokim o’rinbosarlari tomonidan o’tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda

3181 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.

Viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlar 14 marta tahlil etilib, viloyat boshqarmalari rahbarlari hamda barcha shahar, tuman hokimliklariga yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini ko’rish yuzasidan nazoratli topshiriq xatlari yuborildi.

Tahlil va o’rganishlar yakunlariga ko’ra murojaatlarni ko’rib chiqishda kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yganligi uchun 97 nafar turli darajadagi mas'ullarning intizomiy javobgarligi ko’rib chiqildi.

Olib borilgan ishlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning 53,7 foizining ijobiy hal etilishi ta'minlandi. 2019 yil davomida viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlar avvalgi yilga nisbatan 9343 taga kamayishiga erishildi.

Viloyat hokimligi kelgusida ham murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularni o’rganish natijalari bo’yicha ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash choralarini ko’rib boradi.

 

                                         Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.