Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLAR: BIZGA SHU YER YOQDI!

×

 2020-01-08 17:09:42    877

PDF yuklash
Chop etish


Mana bir necha kundan buyon Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev, viloyat boshqarma, idora va tashkilot rahbarlari joylarga chiqib yoshlar bilan uchrashmoqdalar. Bu galgi muloqotlar butunlay o’zgacha bo’ldi.

“Qo’qon”erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarda ochiq eshiklar kuni tarzida Qo’qon shahri va Uchko’prik tumani yoshlarining bo’sh ishchi o’rinlari bilan tanishuvidan boshlandi.

Shuhrat G’aniyev va tadbirkor korxona muassislari ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ish haqi, transport qatnovi, ovqatlanish va dam olishgacha bo’lgan barcha masalalarda yoshlarning savollariga javob berdilar.

Yigit-qizlar bir nechta korxonalarning ish faoliyati bilan tanishib, shu yerda mehnat qilayotgan ishchi-mutaxassislar bilan muloqotda bo’ldilar.

Shundan so’ng “Qo’qon”EIZ bosh ofisida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev yoshlarning savol va takliflariga javob berdi. Har bir murojaat, muammo va iltimoslar shu yerning o’zida hal qilindi.

Jumladan qo’qonlik yoshlar:

-O’rinov Iqboljon taklifi bilan “Prezidentning 5 tashabbusi” bo’yicha viloyat hokimining mukofoti uchun tanlov o’tkazish;

-Qo’qon shahrida “Yoshlar Press-klubi” tashkil etish;

-Yoshlar Ittifoqi tarkibida “Yoshlar media markazi” ochish uchun viloyat byudjetidan 1,5 mld so’m ajratish;

-Shahardagi bekatlarni “WIFI” bilan jihozlangan “Yoshlar bekati”ga aylantirish;

-Yoshlar, talabalar uchun jamoat transportida imtiyozli yo’l kartalari ta'sis etish;

-“Qo’qon” EIZ da doimiy bo’sh ishchi o’rinlari yarmarkasi tashkil etish kabi takliflari ijro uchun qabul qilindi.

Uchko’priklik yoshlarning taklifi bilan “Qo’qon” EIZ hududida imtiyozli kredit asosida ikkita 7 qavatli arzon uy-joylar quriladigan bo’ldi. Uchko’prik markazida yoshlar kinoteatri, bolalar uchun suzish havzasi, kasb maktabi va boshqa qator ijtimoiy ob'ektlar qurilishi hamda ta'mirlanishiga mablag’lar ajratildi.

 “Haziniy izdoshlari” respublika yosh ijodkorlari forumi o’tkazishga qaror qilindi.

Yosh sportchilarning taklifi bilan Uchko’prikda bolalar badiiy gimnastika maktabi tashkil etish haqida ko’rsatma berildi. Uchrashuv chog’ida o’quvchi yoshlarning iltimosiga ko’ra viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Uchko’prik va Qo’qon shahridagi maktablar uchun 400 ta kompyuter majmuasi ajratilganini e'lon qildi.

Shuningdek, Qo’qon shahar Yoshlar Ittifoqi kengashi jamg’armasiga 1,5 mld so’m mablag’ ajratildi.Qo’qondagi 3 ta oliy yurtining har biriga “ISUZU” avtobuslari sovg’a qilindi. 

Shu kuni yuzdan ziyod yigit-qizlar “Qo’qon” EIZ dagi korxonalarga doimiy ishga qabul qilindilar.

Viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda. 

                 Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.