Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
62
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2522025-04-10 09:51

2025 yil 11 mart kuni O‘RQ-1047-sonli “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2084391516891245.jpg
2025 yil 11 mart kuni O‘RQ-1047-sonli “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunda Fuqarolik prosessual kodeksi, Iqtisodiy prosessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga aholining sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslarini yaratuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, Fuqarolik prosessual kodeksi, Iqtisodiy prosessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida masofadan ishtirok etayotgan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, shuningdek guvohning qasamyodi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi, bu haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi kerakligi belgilanmoqda. Ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Azizbek Akbarov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz