Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
62
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2092025-04-10 09:55

TOSHLOQ TUMANIDA OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2084391840473345.jpg
Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va oila doirasidagi jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Ta’sirchan targ‘ibot uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati hokim o‘rinbosari K.Kavlonova, viloyat IIB rahbarlari, tuman IIB va “Abu Xanifa” masjidi imom-xatibi ishtirok etdilar. Uchrashuvda probatsiya hisobidagi shaxslar, oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan va himoya orderi berilgan fuqarolar qatnashdi. Yig‘ilishda mahallalarda yuz berayotgan oilaviy nizolar, ajrimlar va zo‘ravonlik holatlari tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi yilda tumanda oilaviy zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani ta’kidlanib, bu kabi jinoyatlarni barvaqt oldini olish uchun mutasaddi idoralar hamkorligini kuchaytirish zarurligi bildirildi. Yig‘ilish yakunida 2025 yil davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz