Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Turg‘unboy Turg‘unovga Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 100 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilgan edi. Hozirda tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, 8 ta ish o‘rni yaratdi.
Mahalla mas’ullari tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishib, suhbat jarayonida faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berishdi.