“Sufon” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
🟦🟦🟦
⚡“Sufon” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida aholining hayot sifatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
✅Mazkur tashabbuslar asosida Quvasoy shahar “Sufon” mahalla fuqarolar yig‘inida ham qator ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi.
🟢Loyihaga muvofiq, elektr uzatish havo liniyasi tarmoqqa ulanib, bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Mutaxassislar tomonidan montaj va xavfsizlik nazorati bo‘yicha barcha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.