Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
#Dolzarb_90_kun
☀️Yoz – o‘tmoqda soz!
🌈Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
➡️Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida "Dolzarb 90 kun doirasida yoshlarga qaratilgan bir qator foydali tadbirlar amalga oshirilmoqda . Kunduzgi oromgoh bolajonlar uchun chinakam quvonch va maroqli dam olish maskaniga aylangan.
🟢Ular uchun yozgi ta’til kunlari turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlar, kitobxonlik darslari, teatr mashg‘ulotlari va tabiat qo‘ynidagi sayohatlar bilan boyitilgan.
🟡Shuningdek, fanlar bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar ham muntazam faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlari va iste’dodlariga mos yo‘nalishlarda faol ishtirok etib, yozgi dam olishni nafaqat maroqli, balki mazmunli o‘tkazmoqdalar.