🟦🟦🟦
⚡YANGI TARMOQ TORTILMOQDA
Hududlarda isteʼmolchilarni elektr taʼminoti yaxshilash borasida amaliy ishlar davom etmoqda
✅Quvasoy shahar “Lashkar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholini qiynab kelayotgan elektr ta’minotidagi muammolar bugun o‘z yechimini topmoqda.
➡️Sababi, mahallaga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun tayanchlar o‘rnatilib, yangi elektr uzatish tarmogʻini tortish ishlariga kirishildi.
🟢Tez orada olib borilayotgan loyiha yakuniga yetkazilib, yangi tarmoq aholi uchun foydalanishga topshiriladi.