Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
119
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2242025-07-15 20:44

Shohimardonda sayyor qabul: iste‘molchilar muammolariga echim izlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752594093107.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752594093128.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752594093120.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752594093213.jpg
Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida Farg‘ona tumani "Shohimardon" mahallasda sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur qabul mamlakatimizda aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida hal etish va ochiq muloqotni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar doirasida tashkil etildi. Qabul davomida mahalliy aholi va tadbirkorlar tomonidan past sifatli mahsulotlar sotilishi, baholarning asossiz ko‘tarilishi, iste‘molchilar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi va shunga o‘xshash qator murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlar joyida tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi, zarur hollarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan mavjud qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, qabul davomida iste‘molchilar huquqlari, tovar va xizmatlar sifati, adolatli raqobat tamoyillari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Aholiga flaerlar tarqatildi hamda huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz