Farg‘ona tumani "Mozortagi" mahallasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Saniatriya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi "Mozortagi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida aholi xonadonlarida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitar-gigiena bo‘yicha tushuntirishlar, zarur tavsiyalar va eslatmalar etkazilmoqda.
Sanitar targ‘ibot ishlari aholining sog‘ligini saqlash, kasalliklarni erta oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.