Dastavval hayron bo‘lib molbertlarni uzoqdan tomosha qilib aylanib o‘tgan hamshaharlarimiz asta sekin san’atga oshno va mahliyo bo‘lib, Qo‘qon art-rezidensiyasi rassomlari xizmatlaridan foydalanishni boshladi.
To‘g‘ri, telefonda ham suratga tushish mumkin, lekin u suratda tuyg‘u bo‘lmaydi, uni rassom mehr berib chizmagan. Arzimagan bir natyurmort yoki peyzaj xonadoningizga o‘zgacha bir tarovat baxsh etishi mumkin.
Qo‘qon art-galereyasi bugun O‘rda maydonida eng go‘zal asarlarini namoyish etib, ularni harid qilish qilish uchun ham taklif etmoqda. Azaldan madaniyatli shahar sifatida ma’lum bo‘lgan Huqandi Latifning ajoyib jihatlari mana bugun yana namoyon bo‘lmoqda.