Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


LOYIHA

 2017-10-13 16:49:53    793

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini 2017 yil uchun band qilib qo’yish to’g’risida.


“LOYIHA”

2017 yil “____” -_________ №_____                                   Quva tumani

O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 97-modda), 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunining (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 29-30-son, 277-modda), 25-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risida”gi Nizomga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y,. 34-son, 333-modda) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017 yil uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan,

Q A R O R Q I L A M A N :

1. Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash bo’yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, Quva tumani korxonalarida 2018 yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shahslar uchun band qilingan (kvota) ish joylarini taqsimoti 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.

2-ilovaga muvofiq xodimlarning ro’yxati bo’yicha o’rtacha sonidan
1110 nafarni tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:

o’n to’rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz ota, yolg’iz ona va ko’p bolali ota-onalar uchun 4,5 foiz (50 kishi);

ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 41,4 foiz (460 kishi);

muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar uchun 2,5 foiz 
(28) kishi;

nogironlar uchun 3 foiz (477 kishi); yuqorida ko’rsatilgan ish o’rinlariga tumanda 3-guruh nogironlariga ishga joylashishga talab 50 ta o’ringa bo’lgani sababli kelgusida 427 ta ish o’rnini ta’lim muassasasini tugatgan yoshlar uchun band etib qo’yilsin;

tuman Bandlikka ko’maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar 0,03 foiz (3 kishi);

jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o’tayotgan yoki sud qaroriga ko’ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko’rilgan shaxslar uchun 3,2 foiz (35 kishi);

kichik yoshli bolalari bo’lgan ishlamaydigan ayollar uchun 4,5 foiz
 (50 kishi);

ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 0,6 foiz (7 kishi) miqdorida ish o’rinlari zaxirasini belgilaydi.

2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o’rinlari xodimlar tomonidan o’zlarining mehnat majburiyatlarini to’siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak, shu jumladan

yolg’iz ota, yolg’iz ona va 14 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalari bor ko’p bolali ota-onalar uchun - bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo’yicha vazifalarni uyg’unlashtirish imkonini beradigan, o’zgaruvchan ish jadvaliga ega bo’lgan ish o’rinlari;

ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun - ularning kasb bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar uchun - ularning kasb bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

nogironlar uchun - mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyadan o’tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to’sqinliksiz bajarish imkonini (sog’lig’ining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko’rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish o’rinlari;

tuman Bandlikka ko’maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun - maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari;

jazoni o’tash muassasalaridan bo’shatilgan, jazoni o’tayotgan yoki sud qaroriga ko’ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko’rilgan shaxslar uchun - ularning kasb bo’yicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o’rinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo’lmagan shaxslar uchun - maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari.

3. Ish o’rinlari band qilib qo’yiladigan kasblar va 
lavozimlar:

hisobchi, o’qituvchi, hamshira, shifokor, haydovchi, kompyuter operatori, tikuvchi, huquqshunos, xodimlar ishlari bo’yicha inspektor, iktisodchi, menejer, yo’l ishchisi, kulol, chilangar, sartarosh, bog’bon, farrosh.

4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil
20 avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko’rsatilgan ish o’rinlari tashkil etilishini ta’minlash;

2016 yil boshlangunga qadar o’n kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo’yilgan ish o’rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish o’rinlari band qilib qo’yilishini va tayyor bo’lishini ta’minlasin, ushbu to’g’rida tuman Bandlikka ko’maklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berilsin;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o’rinlarining qolgan qismini band qilib qo’yish tashkilot
(ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlasin, bu to’g’rida tuman Bandlikka ko’maklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin o’n kundan kechikmay axborot berish;

tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka ko’maklashi markaziga yuqorida ko’rsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi to’g’risida ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha axborot taqdim etishi;

band qilib qo’yilgan ish o’rinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarining tayyorligi to’g’risidagi axborotni tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.

5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.

6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo’yiladigan ish o’rinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish o’rinlarini tashkil etishga sarflangan mablag’larning bir qismini Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplash huquqiga egadir.

7. Tuman Bandlikka ko’maklashish markazi (D.Sotvoldiev) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida ko’rsatilgan tashkilot rahbarlari e’tiboriga etkazsin va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

8. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qilinsin hamda 2018 yilning 1 yanvar kunidan  boshlab kuchga kiritilsin.

9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o’rinbosari A.Isaxonov zimmasiga yuklatilsin.

 Tuman hokimi                                            Z.Raxmanov