Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA AHOLINING DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
2022-04-18 12:20:33 1939
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmatlarning qamrab olish darajasi pastligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarining uzunligi, ular bo‘yicha to‘lovlarning yuqoriligi, aksariyat davlat organlarining zarur ma’lumotlari to‘liq raqamlashtirilmaganligi ushbu yo‘nalishda oldimizda turgan vazifalarning dolzarbligidan dalolat beradi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish maqsadida:
1. 2021-yil 1-noyabrdan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno);
b) Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
ariza beruvchiga to‘lovlar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytariladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirib olinadi;
(1-band “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to‘liq hajmda ko‘rsatiladi.
2. 2022-yil 1-yanvardan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq kamaytirilsin.
3. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
a) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirish;
litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan to‘lovlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilash (qonunchilik hujjatlarida to‘lovlar belgilanmagan yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qo‘yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
4. Quyidagilar:
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
2021-yil 1-oktabrdan ayrim turdagi ma’lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
2022-yil 1-yanvardan ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:
tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;
davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;
qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;
kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;
jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;
jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;
fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;
b) quyidagi hujjatlarni:
moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni ushbu Farmonga 4-ilovada belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda o‘zlarining idoraviy axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjat va ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
6. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning davlat xizmatini ko‘rsatish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari hisobiga yo‘naltiriladigan qismining kamida 20 foizi ushbu tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarida mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘larning axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yo‘naltirilishini doimiy ravishda monitoring qilib borsin.
7. 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi;
malaka sertifikatlarini berish uchun o‘tkaziladigan imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi;
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan to‘lovlar davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi;
talabgorlardan imtihon olishda savollar test ko‘rinishida kompyuter vositasi orqali olinadi va natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi (alohida iqtidor hamda amaliy sinovlar talab etiladigan yo‘nalishlar bundan mustasno);
malaka sertifikatlari va attestatsiya guvohnomalari QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar elektron (onlayn) ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini oshirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimining (OneID) yangi talqini hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Bunda, masofaviy identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatidan foydalanishda shaxsni mobil aloqa telefoni orqali tasdiqlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati to‘g‘risida abonentlarga SMS-xabar yuborish imkoniyatini yaratsin.
9. 2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida o‘limni qayd qilish bo‘yicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilsin:
tibbiyot birlashmasi xodimi vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirib, “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qog‘oz shaklida berilishi va ular to‘g‘ridan to‘g‘ri FHDY organiga murojaat qilishi ham mumkin;
FHDY organi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida shaxsning o‘limini “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qayd qilib, QR-kod orqali tasdiqlaydi;
FHDY organi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga vafot etganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
a) 2021-yil 1-oktabrga qadar:
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YIDXP bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to‘lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimini joriy etsin;
Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratsin;
Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etsin;
b) “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrdan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va tezkorligini oshirish maqsadida respublika hududidagi barcha davlat xizmatlari markazlari (ularning filiallari) hamda FHDY organlarining Internet tarmog‘i hamda himoyalangan VPN tarmog‘iga Toshkent shahri uchun mo‘ljallangan eng arzon tariflar bo‘yicha ulanishini va xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.
11. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi komissiyasi (A.N. Aripov) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish va ta’minlash;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning raqamlashtirilganlik holatini monitoring qilish, tahlil qilish va xizmat ko‘rsatuvchi organlarning hisobotlarini tinglash;
mazkur Farmonda nazarda tutilgan hamda davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish;
davlat xizmatlarini taqdim etishni optimallashtirish, tartib, muddat va zarur hujjatlarni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini samarali ko‘rsatishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan topshiriq va ko‘rsatmalar berish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
14. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “avtomobil tarixi” ma’lumotlarini (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali shartnomaviy asosda davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali aniqlash davlat xizmatini yo‘lga qo‘ysin.
15. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Davlat personallashtirish markazi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, “O‘ZSUVTA’MINOT” AJ hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishini ta’minlasin hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘ysin.
Kadastr agentligi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda barcha ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bog‘lanishini hamda ko‘chmas mulk obyektlarining yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
16. Adliya vazirligi:
2021-yil 1-dekabrga qadar 2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari binolarida Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan “Salomatlik burchaklari”ni tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari binolarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
18. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov, adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvar va 2022-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul,
PF-6269-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
1-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan ko‘rsatilishi uchun undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar miqdori kamaytiriladigan davlat xizmatlari
RO‘YXATI
T/r |
Davlat xizmati nomi |
Amaldagi to‘lov miqdori |
O‘rnatilayotgan to‘lov miqdori |
1. |
Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish |
BHMning 2 baravari |
BHMning 1 baravari |
2. |
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish |
BHMning 10 baravari |
BHMning 7 baravari |
3. |
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish |
BHMning 10 baravari |
BHMning 7 baravari |
4. |
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish |
BHMning 1,2 baravari |
BHMning 1 baravari |
5. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni berish |
BHMning 10 foizi |
BHMning 5 foizi |
6. |
Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish |
BHMning 1 baravari |
Bepul |
7. |
Tadbirkorlik subyektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma berish |
BHMning 1 baravari |
BHMning 20 foizi |
8. |
O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar uchun undiriladigan gerb blankasi uchun yig‘im |
5 AQSh dollari |
Bepul |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
2-ILOVA
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r |
Davlat xizmati nomi |
Joriy etish muddati |
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun mas’ul vakolatli organ |
1. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet et fuqarolariga ID-karta hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish |
2022-yil 1-yanvar |
Ichki ishlar vazirligi |
2. |
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish |
Turizm va sport vazirligi |
|
4. |
Sport hakamlariga malaka toifasini berish |
||
5. |
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
6. |
Baholovchilarga toifalar berish |
||
7. |
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish |
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi |
|
8. |
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish |
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
|
9. |
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
10. |
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish |
||
11. |
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
|
12. |
O‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning buxgalteriya hisobi xodimlarining malaka imtihonini o‘tkazish va budjet hisobi hisobchisi sertifikatini berish |
Moliya vazirligi |
|
15. |
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish |
||
16. |
Ichki auditor sertifikatini berish |
Auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari |
|
17. |
Aktuariy malaka sertifikatini berish |
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi |
|
18. |
Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
19. |
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish |
||
20. |
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka sertifikatini berish |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
21. |
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi |
|
22. |
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
23. |
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish |
||
24. |
Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish |
X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Ichki ishlar vazirligi |
|
25. |
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
|
26. |
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish |
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi |
|
27. |
Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional hamda maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
28. |
Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
29. |
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikatini berish |
Madaniyat vazirligi |
|
30. |
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
|
31. |
Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilish (magistratura) |
||
32. |
Yo‘qolgan attestatlar bo‘yicha dublikat berish uchun ariza qabul qilish |
2022-yil 1-aprel |
Xalq ta’lim vazirligi |
33. |
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
34. |
Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha ariza (buyurtmanoma) berish |
||
35. |
Sud organlarida rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish |
Oliy sud |
|
36. |
Kontraktlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazish va import qilinadigan tovarlarni yuk ortishdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi firmalarni (inspeksiya organi) akkreditatsiya qilish |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK |
|
37. |
Kapital qurilish tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish |
||
38. |
Imtiyozlar qo‘llagan holda import qilinadigan tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish |
||
39. |
Investitsiyaviy loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazish |
||
40. |
Infratuzilmaviy loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini kompleks ekspertizadan o‘tkazish |
||
41. |
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish |
||
42. |
Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida tadbirkorlik subyektlarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini ko‘rib chiqish |
||
43. |
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash |
||
44. |
Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish |
||
45. |
Tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish |
||
46. |
Kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish |
||
47. |
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish |
||
49. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash |
2022-yil 1-avgust |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK |
50. |
Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash |
||
51. |
Donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash |
||
52. |
Urug‘lar, dukkakli, moyli ekinlarni va boshqa don ekinlarini qayta ishlashga sertifikat berish |
||
53. |
Universal o‘nlik klassifikatsiya (UO‘K) indeksini berish |
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi |
|
54. |
Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya (KBK) indeksini berish |
||
55. |
Kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish |
||
56. |
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish |
||
57. |
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) |
Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
58. |
O‘zbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
59. |
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumot taqdim etish |
Davlat statistika qo‘mitasi |
|
60. |
Binolar va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish |
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
|
61. |
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish |
Moliya vazirligi |
|
62. |
Avval davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish |
||
63. |
Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish |
||
64. |
Statistik ma’lumotlarni taqdim etish (taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar bundan mustasno) |
2022-yil 1-noyabr |
Davlat statistika qo‘mitasi |
65. |
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplomni elektron shaklda taqdim etish |
Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
66. |
Fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplomni elektron shaklda taqdim etish |
||
67. |
Professor ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish |
||
68. |
Dotsent ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish |
||
69. |
Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish |
||
70. |
Alohida fanlar bo‘yicha chuqur o‘rgatish maqsadida 5-sinf o‘quvchilarini ixtisoslashgan davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun ariza olish |
Xalq ta’lim vazirligi |
|
71. |
7-sinf o‘quvchilarini ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab-internatlariga qabul qilish uchun ariza olish |
||
72. |
Chet el fuqarolari va fuqaroli�i bo‘lmagan shaxslar bolalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish |
||
73. |
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish |
||
74. |
Shtrixli kodlar original-maketlarini tayyorlash |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi |
|
75. |
Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish |
“O‘zarxiv” agentligi |
|
76. |
Tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish |
Tashqi ishlar vazirligi |
|
77. |
Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
78. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash |
2023-yil 1-mart |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida�i Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi |
80. |
Texnikani va qishloq xo‘jaligi mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK |
|
81. |
Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasini hisobga qo‘yish |
||
82. |
Traktorchi-mashinistlarga guvohnoma va ogohlantirish talonini berish |
||
83. |
Xostellar�i yagona reyestriga kiritish |
Turizm va sport vazirligi |
|
84. |
Oilaviy mehmon uylarini yagona reyestriga kiritish |
||
85. |
Sportchining sport pasportini berish |
||
86. |
Bolalarni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga qabul qilish |
||
87. |
Bolalarni sport-ta’lim muassasalariga qabul qilish |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
3-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan ayrim turdagi ma’lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r |
Ma’lumot va hujjatlar nomi |
Ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish hamda ularni berishga mas’ul organlar |
1. |
Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma ma’lumotlari |
Adliya vazirligi |
2. |
Litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar |
Adliya vazirligi, vakolatli organlar |
3. |
Davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar |
Moliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasi |
4. |
Qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
|
5. |
Kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar |
|
6. |
Jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlar* |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ |
7. |
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
8. |
Jismoniy shaxs o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlar |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
9. |
Jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlar |
Xalq ta’limi vazirligi |
10. |
Fuqaro “Yoshlar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar |
Yoshlar ishlari agentligi |
11. |
Fuqaro “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar |
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi |
12. |
Moliyaviy hisobotlar nusxalari* |
Davlat soliq qo‘mitasi |
13. |
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot |
|
14. |
Jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi |
|
15. |
Ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi bo‘yicha ma’lumotnoma |
Pensiya jamg‘armasi |
16. |
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar |
Davlat test markazi* |
* Ushbu hujjatlar jismoniy va yuridik shaxslardan birlamchi olingandan so‘ng tegishli organlarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
4-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari
RO‘YXATI
T/r |
Davlat xizmati nomi |
Vakolatli organ |
Amaldagi muddat |
O‘rnatilayotgan muddat |
1. |
Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish |
Oliy sud |
5 ish kuni |
3 ish kuni |
2. |
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplomni berish |
Oliy attestatsiya komissiyasi |
20 kun |
1 ish kuni |
3. |
Fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplomni berish |
20 kun |
1 ish kuni |
|
4. |
Professor ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni berish |
1 oy |
1 ish kuni |
|
5. |
Dotsent ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni berish |
1 oy |
1 ish kuni |
|
6. |
Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni bo‘yicha davlat namunasidagi attestatni berish |
1 oy |
1 ish kuni |
|
7. |
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) |
PhD diplomi uchun 2 oy; DSc diplomi uchun 3 oy |
PhD diplomi uchun 1 oy; DSc diplomi uchun 1 oy |
|
8. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
3 hafta |
1 hafta |
9. |
Chet tili o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish |
3 hafta |
1 hafta |
|
10. |
Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish |
“O‘zarxiv” agentligi |
3 ish kuni |
1 ish kuni |
11. |
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) |
5 ish kuni (20 ish kuni) |
3 ish kuni (15 ish kuni) |
|
12. |
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors, arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish |
5 ish kuni (15 ish kuni) |
3 ish kuni (10 ish kuni) |
|
13. |
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish |
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
15 kun |
10 kun |
14. |
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatiga litsenziya berish |
15 kun |
5 kun |
|
15. |
Statistik ma’lumotlarni taqdim etish (taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar bundan mustasno) |
Davlat statistika qo‘mitasi |
14 kun |
7 kun |
16. |
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumot taqdim etish |
14 kun |
3 kun |
|
17. |
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi dublikatini berish |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
10 kun |
5 kun |
18. |
Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha ariza (buyurtmanoma) berish |
10 kun |
5 kun |
|
19. |
Davlat mulklarini ijaraga berish |
10 kun |
5 kun |
|
20. |
Sud boshqaruvchisi attestatini berish |
10 kun |
3 kun |
|
21. |
Rieltor malaka sertifikati berish |
2 kun |
1 kun |
|
22. |
Baholovchining malaka sertifikatini berish |
2 kun |
1 kun |
|
23. |
Shtrixli kodlar original-maketlarini tayyorlash |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi |
15 kungacha |
5 kun |
24. |
Texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish |
Transport vazirligi |
30 kun |
15 kun |
25. |
Kemalarni ro‘yxatga olish |
10 kun |
5 kun |
|
26. |
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikatni berish |
“O‘zaviatsiya” agentligi |
10 ish kun |
5 kun |
27. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish |
Adliya vazirligi |
5 ish kuni (20 ish kuni) |
2 ish kuni (10 ish kuni) |
28. |
Professional mediatorlarning reyestrini yuritish |
15 ish kuni |
10 kun |
|
29. |
Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish |
3 kun |
1 kun |
|
30. |
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish |
10 kun |
5 ish kuni |
|
31. |
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish |
20 kun |
10 ish kuni |
|
32. |
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirish |
3 kun |
2 ish kuni |
|
33. |
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish |
10 kun |
5 ish kuni |
|
34. |
Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
10 kun |
5 ish kuni |
|
35. |
Advokatlik guvohnomasini berish |
3 kun |
2 ish kuni |
|
36. |
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga yangi guvohnoma berish |
3 kun |
2 ish kuni |
|
37. |
Notariat sohasidagi arxiv hujjatlari hamda reyestrlardan ko‘chirmalar berish |
belgilanmagan |
2 ish kuni |
|
38. |
Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish |
belgilanmagan |
5 ish kuni |
|
39. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
10 kun |
5 kun |
40. |
Mahalliy tarmoqlar, shaharlararo tarmoqlar, xalqaro tarmoqlar, ko‘chma radiotelefon aloqa tarmoqlarini, loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
20 ish kuni |
10 ish kun |
41. |
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, teleradio dasturlar tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash |
20 ish kuni |
10 ish kun |
|
42. |
Elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish uchun arizalar qabul qilish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” DUK |
3 ish kuni |
1 ish kuni |
43. |
Yo‘qolgan attestatlar bo‘yicha dublikat berish uchun ariza qabul qilish |
Xalq ta’limi vazirligi |
7 kun |
5 ish kuni |
44. |
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bolalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar qabul qilish |
14 kun |
7 kun |
|
45. |
Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olganlik to‘g‘risida hujjatlarni tan olish uchun elektron ariza yuborish |
Xalq ta’limi vazirligi |
6 kun |
3 ish kuni |
46. |
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash |
Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat korxonasi |
21 kun |
15 kun |
47. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga ariza berish |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
5 ish kuni |
3 ish kuni |
48. |
OAVni davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
15 kun |
10 kun |
49. |
OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish |
15 kun |
10 kun |
|
50. |
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish |
Davlat xizmatlari agentligi |
15 kun |
10 kun |
51. |
Familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirish |
1 oy |
20 kun |
|
52. |
FHDY organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish |
3 ish kuni |
2 ish kuni |
|
53. |
Avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma |
Davlat bojxona qo‘mitasi |
10 ish kuni (20 ish kuni) |
5 ish kuni (10 ish kuni) |
54. |
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish |
10 ish kuni |
5 ish kuni |
|
55. |
Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish |
Turizm va sport vazirligi |
10 kun |
5 kun |
56. |
Turagentlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish |
10 kun |
5 kun |
|
57. |
Sportchilarga sport pasportini berish |
12 kun |
3 kun |
|
58. |
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish |
5 kun |
3 kun |
|
59. |
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
30 ish kuni |
24 ish kuni |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
5-ILOVA
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
Vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan |
||||
1. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davla� xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llash uchun: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlarini YIDXP bilan integratsiya qilinishini ta’minlash; davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to‘lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash imkonini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Pensiya jamg‘armasi (A. Haydarov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev) |
J. Qo‘chqorov, O. Umarov, D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev |
2. |
Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-oktabr |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
S. Umurzakov, F. Raximov, D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev |
3. |
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
S. Umurzakov, F. Raximov, Sh. Rajabbayev |
4. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet et fuqarolariga ID-karta hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev |
Davlat xizmatlari agentligiga Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimidan foydalanish imkonini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
||||
5. |
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish: davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizini ularga 1 ish kunida qaytarish; ariza beruvchiga qaytarilgan to‘lovlarni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirish; davlat xizmatlari agentligi tomonidan pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risida qo‘yilgan talabnomadagi mablag‘ni qaytarish uchun yetarli mablag‘i bo‘lmaganda, vakolatli organning budjetdan tashqari va boshqa jamg‘armasiga mablag‘ kelib tushganda birinchi navbatda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda yechib olish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
J. Qo‘chqorov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov |
6. |
Xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-oktabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), manfaatdor idoralar |
O. Umarov, D. Xolmurodov, tarkibiy bo‘linma rahbarlari |
7. |
Litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berishda, agar bu uchun qonunchilik hujjatlarida to‘lov undirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lovni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilash (chet el valyutasida va bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2021-yil 1-oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
J. Qo‘chqorov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov, tarkibiy bo‘linma rahbarlari |
8. |
Mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha ro‘yxatda belgilangan muddatlardan kamida ikki oy oldin ma’muriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari |
2021 — 2023-yillar |
Mas’ul vazirlik va idoralar |
O. Umarov, tarkibiy bo‘linma rahbarlari |
9. |
FHDY organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har bir fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyun |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
10. |
Shaxsning o‘limini qayd qilish bo‘yicha kompozit xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, M. Vaxobov, Sh. Rajabbayev |
11. |
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimining (OneID) yangi talqinini hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqish. Bunda, masofaviy identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatidan foydalanishda shaxsni mobil aloqa telefoni orqali tasdiqlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati to‘g‘risida abonentlarga SMS-xabar yuborish imkoniyatini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil 15-oktabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
12. |
Respublika hududidagi barcha davlat xizmatlari markazlari (ularning filiallari) hamda FHDY organlarini Internet tarmog‘i hamda himoyalangan VPN tarmog‘iga Toshkent shahri uchun mo‘ljallangan eng arzon tariflar bo‘yicha ulash va xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
13. |
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash xizmatlaridan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali foydalanishini yo‘lga qo‘yish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev |
15. |
Fuqarolarning mehnat daftarchalari yaroqsiz holatga kelganligi yoki yo‘qolganlik holatlarida qonunchilik hujjatlarida tegishli davrlardagi mehnat stajlarini tiklash tartiblari yoki yechimlari belgilanmaganligi tufayli yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan tashkilotlarning hujjatlari bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash yuzasidan arxivlar tomonidan pullik davlat xizmatlarini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
“O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
O.Umarov, tarkibiy bo‘linma rahbarlari |
16. |
Davlat xizmatlari markazi va YIDXPda avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi” ma’lumotlarini (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) shartnomaviy asosda aniqlash davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
X. Berdibayev, D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev |
17. |
Kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlarni (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suv va oqova suv tizimi ta’minotlari) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lash, bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida noyob raqamdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-dekabr |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish �azirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Kadastr agentligi (F. Umarov) |
O. Umarov, Sh. Abidov, A. Jumanazarov, D. Xolmurodov |
18. |
Advokatlik guvohnomasini berish, yo‘qotilgan va yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga yangisini berish davlat xizmati muddatlari hamda talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov) |
D. Kalandarov, M. Yakubov |
19. |
Chet tili o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish. Bunda, test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma berish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-yanvar |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (M. Karimov) |
B. Musayev, M. Vaxobov |
20. |
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan boj, yig‘im va pullik xizmatlarni qayta ko‘rib chiqish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2095-son qarorini to‘liq qayta ko‘rib chiqish va soddalashtirish; O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan boj, yig‘im va pullik xizmatlarni qisqartirish, ayrim xizmatlarni bepul asosda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-yanvar |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
S. Umurzakov, F. Raximov, D. Xolmurodov |
21. |
Ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr raqamlariga bog‘lanishi hamda ularni Yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-noyabr |
Kadastr agentligi (F. Umarov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Sultonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
O. Umarov, D. Xolmurodov, Sh. Abidov, A. Jumanazarov |
22. |
Ko‘char madaniy meros obyektlarini aholiga yaqindan tanishtirish, tarixiy meroslarimiz bo‘yicha aholi xabardorligini oshirish maqsadida ushbu obyektlarni xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda Qo?aqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining kamida bittadan tumanida (shahrida) vaqtinchalik davlat xizmatlari markazlariga joylashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-oktabr |
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
A. Abduxakimov, O. Qudratov |
23. |
2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
D. Kalandarov, M. Yakubov |
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
6-ILOVA
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. |
A.N. Aripov |
― |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi komissiyasi raisi |
2. |
O.M. Umarov |
― |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, Respublika ishchi komissiyasi raisi o‘rinbosari |
3. |
R.K. Davletov |
― |
adliya vaziri, Respublika ishchi komissiyasi raisi o‘rinbosari |
4. |
D.N. Kalandarov |
― |
Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i |
5. |
P.R. Bobojonov |
― |
ichki ishlar vaziri |
6. |
T.A. Ishmetov |
― |
moliya vaziri |
8. |
O.A. Pekos |
― |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
9. |
F.K. Umarov |
― |
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
10. |
S.M. Xolxo‘jayev |
― |
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
11. |
Lavozimi bo‘yicha |
― |
Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i, Respublika ishchi komissiyasi kotibi |
Izoh: Respublika ishchi komissiyasi tarkibi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmoniga 3-ilovadagi “2021-yil 1-avgustga qadar” so‘zlari “2021-yil 1-sentabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5997-son Farmoniga 2-ilovaning 5-pozitsiyasidagi “2021-yil noyabr” so‘zlari “2022-yil may” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Farmoniga 2-ilovaning 30-pozitsiyasidagi “2021-yil noyabr” so‘zlari “2022-yil may” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-son Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga hamda davlat xizmatlari markazlariga, almashtirish uchun esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish”;
b) 2-ilovada:
2-bandning oltinchi xatboshisi “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari” so‘zlaridan keyin “hamda davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi nizomning 16-bandidagi “50” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi konsullik yig‘imlari tarifi rus tilidagi matni 12-moddasidan “plyus 5 dollarov SShA za gerboviy blank” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizomning 52-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ikki baravari” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son qarori 5-bandidagi “o‘n baravari” so‘zlari “yetti baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida:
ikkinchi va o‘ninchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi — to‘qqizinchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4913-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat ta’lim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;”.
12. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-noyabrdagi 403-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston qo‘shiq bayrami to‘g‘risidagi nizomning “Buyurtmalar berish tartibi” bo‘limida:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 14-bandda:
ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 36-bandda:
ikkinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizomning 52-bandida:
uchinchi, to‘rtinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-son qaroriga 1-ilova 14-bandi va 2-ilova 10-bandining birinchi xatboshilaridagi “o‘n” so‘zi “yetti” so‘zi bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
45-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma) nusxasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Loyihaga nomzodning ma’lumotnoma-obyektivkasi (anketa) ilova qilinadi”.
Izoh:
1) mazkur ilovaning 5 va 8-bandlari 2021-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi;
2) mazkur ilovaning 4, 6 va 9-bandlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)