Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA QONUNI

 2022-04-18 11:36:46    2533

PDF yuklash
Chop etish


1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.

(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.

(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]

2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.

Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

(2-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

(2-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.

(2-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-90-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 153-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunchiligi

(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur bo‘lgan hollarda o‘z faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.

(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O‘zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg‘unlashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatishga haqlidirlar.

6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‘zga tartib belgilanmagan bo‘lsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.

II BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSI

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma’muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O‘zbekiston Respublikasi mulkida bo‘lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga ko‘ra yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xo‘jalik yuritish uchun berilgan davlat mulki obyektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yo‘lga solinadi.

(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o‘zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyatini erkin yuritishga to‘sqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.

(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]

8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o‘ziga berilgan yoki qonunchilikka muvofiq o‘zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to‘liq amalga oshiradi.

(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy budjetlarning mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‘i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog‘ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo‘lishi mumkin.

(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamg‘armalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:

fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar.

(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag‘lari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo‘yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‘ra sarflanadi.

(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]

9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan doirada boshqaradi.

(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida bo‘lgan obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.

(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Erga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli.

(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi O‘RQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari Kengashi, hokim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar.

(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5 — 7-moddalariga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(III bob O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

IV BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARINING STRUKTURASI VA ULAR FAOLIYATINING TAShKILIY ASOSLARI

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Saylovlar. Saylov tizimi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

16-modda. Xalq deputatlari Kengashini saylash

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari Kengashlariga saylov o‘tkazilmaydi.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)

17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi.

Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u yo‘qligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning topshirig‘iga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini o‘tkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.

Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.

18-modda. Xalq deputatlari Kengashining Ish tartibi

Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o‘tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni qarab chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni tinglash, deputatlar so‘rovlarini, qaror loyihalarini qarab chiqish, ovoz berish, qarorlarni e’lon qilish, sessiyaga taklif etiladigan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning mas’uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining Ish tartibiga muvofiq belgilanadi.

19-modda. Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o‘rnatish maqsadida xalq deputatlari Kengashi o‘z vakolati muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs bo‘lib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan uning vakolati muddatiga tayinlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘z nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega bo‘ladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-636-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son)

V BOB. MAHALLIY IJROIYA HOKIMIYATI ORGANLARI

21-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati

Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)

Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda o‘rinbosarlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.

Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Hokimning o‘rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o‘rinbosar yoki hokimning topshirig‘iga binoan uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.

Hokim, uning o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.

22-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi.

Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining strukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo‘yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 149-son “Hududiy davlat hokimiyati organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-sonli “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori

23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Oldingi tahrirga qarang.

Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o‘zga tartibi belgilanmagan bo‘lsa, ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oralig‘idagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.

(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o‘zga tartibi belgilanmagan bo‘lsa, tumanga bo‘ysunadigan shahar ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

VI BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGAShLARI VA HOKIMLARNING VAKOLATLARI

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:

Oldingi tahrirga qarang.

hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

(24-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish;

(24-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qilish;

viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlash;

tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;

(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;

Oldingi tahrirga qarang.

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;

(24-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;

(24-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;

xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o‘zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to‘xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

(24-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ijroiya hokimiyati bo‘limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

(24-moddaning birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

tegishincha sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi, o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish;

(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

xalq deputatlarining so‘rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

hokimning va quyi Kengashning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

(24-modda birinchi qismining yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadi. Xalq deputatlari Kengashining mazkur masala yuzasidan qarori O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga yuboriladi.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o‘z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etadi.

(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]

25-modda. Hokimning vakolatlari

Viloyat, tuman va shahar hokimi:

Oldingi tahrirga qarang.

qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;

(25-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)

o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi;

hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;

(25-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish;

(25-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:

navbatdagi yil uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun;

o‘tgan moliya yili uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash uchun yuboradi.

(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-740-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lashga doir talablarni qo‘pol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi.

(25-moddasining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonunchilikda o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish

Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatlarda va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.

(251-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

(251-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

(251-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.

(251-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog‘ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi.

(252-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

253-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish

Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

Hududiy adliya boshqarmasi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.

Tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.

(253-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

Oldingi tahrirga qarang.

254-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini cheklash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish nazarda tutilishi mumkin.

(254-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)

VII BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGAShI VA HOKIMNING FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNING KAFOLATLARI

26-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.

(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari o‘zining amal qilishini tugatadi.

(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)

Hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi va bekor qilinadi.

27-modda. Yuqori turuvchi hokimiyat organlari qarorlarining quyi organlar uchun majburiyligi

Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir.

Oldingi tahrirga qarang.

28-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish va protest keltirish

Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16 avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)

29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta ko‘rib chiqilishi majburiyligi

Hokimning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning o‘zi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 2-sentabr,

913-XII-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2007-y., 15-son, 153-modda; 39-son, 399-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda, 20-son, 222-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 35-son, 914-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)