Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
19
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2842025-02-19 14:22

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739956932067.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739956937095.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739956940019.jpg
Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda Uchko‘prik tumani “Hasanqora” mahalla fuqarolar yig‘inida tomorqadan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish, yilning istalgan faslida mahsulot etishtirib, mo‘may daromad topish borasidagi ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan. Qishloq aholisining aksariyati ertangi sabzavot ko‘chatlari etishtirish bilan shug‘ullanadi. Har yili bosiqchma-bosqich 10 million donaga yaqin sabzavot ko‘chatlari etishtirilib, nafaqat atrof tumanlarga, balki qo‘shni viloyatlarga ham etkazib berilayotgani hasanqoraliklarning mirishkorligidan dalolat. Bugunga kelib mahallada 350 dan ziyod tomorqa egalari ko‘chatchilik bilan band. Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Fazlulloh Haydarov ham tomorqadan unumli foydalanib kelayotgan hamyurtlarimizdan biri. Yoshligidan turli sabzavot ko‘chatlari etishtirish bilan shug‘ullanib kelgan mirishkor tomorqachi o‘tgan mavsumda yangi tajribaga qo‘l urdi. Tomorqasida Koreya texnologiyalari asosida gidroponika usulida 4 sotixli issiqxona qurib, bu erga 7,5 ming tup qulupnay ko‘chati ekdi. O‘tgan yilning sentyabrь oyida ekilgan qulupnay ko‘chatlari hozirda mo‘l hosil tukkan. Ayni kunlarda qulupnayning kilosi 150-200 ming so‘mdan sotilmoqda. Fazlulloh Haydarov bir mavsuda hosilni 3 tonnaga etkazib, 300 million so‘mga yaqin daromad olishni ko‘zlab turibdi. Darhaqiqat, keyingi yillarda Fazlulloh Haydarov kabi ko‘plab yurtdoshlarimiz tomorqasidan mo‘may daromad olib, ro‘zg‘orini but qilyapti, shu orqali oilasining farovonligini ta‘minlayapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz