Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
19
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1322025-02-21 10:53

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117123371.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117135810.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117143609.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117146975.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117151024.jpg
Farg‘ona politexnika institutida Prezidentimizning joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, tijorat banklari vakillari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlarning aniq biznes va startap loyihalari davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgani ularga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochayotgani ta‘kidlandi. Talabalarning innovasion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta‘lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflari eshitildi. Vazir uchrashuvdan so‘ng institut yosh olimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Yosh olimlar ilmiy tadqiqotlari uchun muhim poydevor bo‘lgan “Yoshlar texnoparki”ni ko‘zdan kechirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz