Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
19
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...
932025-02-21 17:09

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139711748.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139720321.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139728354.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139734246.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139739137.jpg
Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida viloyatimizda tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, viloyat tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda shahar-tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari, tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi. Muloqot davomida mahalliy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, hududlarda “Boboshbek” tajribasi asosida tikuv-trikotaj sexlari faoliyatini tashkil etish va aholi bandligini ta‘minlash borasida yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, tikuv-trikotaj yo‘nalishida yangi tovar nomenklaturalarini shakllantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jahon andozalari asosida mahsulotlar turi va sifatini oshirish, eksport hajmlarini ko‘paytirish kabi muhim masalalar muhokama qilinib, tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitildi, ularga yechim topish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasi haqida taqdimotlar o‘tkazildi, tikuv-trikotaj sexlari faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelgan tadbirkorlar bilan B2B muloqotlar o‘tkazilib, savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz