Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
19
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...
662025-02-21 20:35

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152074954.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152078660.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152082800.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152085843.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152089112.jpg
Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchi va talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va boshqalar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritib, mazkur barpo etilgan talabalar turar joyi shu ishlarning uzviy davomi ekanligini ta’kidlashdi. Ramziy lenta qirqilib ishtirokchilar talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 2023-yil 26-yanvardagi qaroriga muvofiq, Farg‘ona shahrida oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz