Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
119
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...
842025-07-16 10:15

Quva tumanida ekoturizmni rivojlantirish yo‘lida: Karkidon suv ombori hududida “Yashil belbog‘” tashkil etilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292326555.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292327750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292328945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292332530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292334920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292338505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292342090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094408292343285.jpg
Quva tumanidagi tabiiy go‘zalliklarga boy Karkidon suv ombori hududini yanada obod va ekologik toza maskanga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududdagi 250 gektar bo‘sh yer maydonida ekoturizmni rivojlantirish yo‘lida “Yashil belbog‘” tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha doirasida manzarali, hudud iqlimiga mos daraxt va butalar ko‘chatlari ekilib, hudud tabiiy landshafti bilan uyg‘un holda yashil maskanga aylantirilayotgani aholi va mehmonlar uchun qulay dam olish sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda. Ekilgan ko‘chatlarning qurib qolishini oldini olish va ularning barqaror o‘sishini ta'minlash maqsadida hududda zamonaviy sug‘orish tizimlari joriy etilmoqda. Jumladan, 13 ta tik sug‘orish quduqlari qazilib, 19 ta suv saqlash hovuzlari tashkil etildi. Ekilgan daraxtlarning har bir qatoriga tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilash, balki uni turistlar uchun jozibali maskanga aylantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etish, shu orqali iqtisodiy faollikni oshirishdir. Karkidon suv ombori atrofida olib borilayotgan bunday keng qamrovli obodonlashtirish va ekoturizmni rivojlantirish ishlari kelgusida Quva tumanini Farg‘ona vodiyisidagi muhim turistik nuqtaga aylantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz