Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
119
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...
762025-07-16 16:10

Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730234195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730237780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730242560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730248535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730252120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730254510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094433730259290.jpg
Quva tumanida ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida “Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash, qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash, milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matlubaxon Holmatova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adiba Zuxra Alieva, Tuman oqila ayollar harakati rahbari Teshaboyeva Matlubaxonlar ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida qiz bola — uyning nuri, ko‘ngilning shodu-xurrami, uning odobi, hayosi va ibosi — onasining tarbiyasidan darak berishi haqida so‘z yuritildi. Shu bois, har bir ona o‘ziga ibratli xulq-atvorni shior qilib, qiz farzandiga ham shu yo‘lni o‘rgatishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Matlubaxon Holmatova o‘z so‘zida har bir oilada tinchlik va totuvlik, hurmat va bag‘rikenglik muhiti onaning tarbiyasidan boshlanishi, shu sababli bu kabi ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidladi. Zuxra Alieva esa adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotida qaynona va kelin obrazining qanday aks etgani hamda ularning ma’naviy shakllanishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan amaliy tavsiyalar va ibratli hayotiy voqealar asosida “Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati” g‘oyasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz