Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
Quva tuman So’fi mahallasida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbiri boʻlib oʻtdi.
2024-01-09 15:34:53 175
Bugun Quva tumanidagi “So‘fi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 13-bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv - duv gap” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongatarova, tuman hokimligi vakillari, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z.Aliyeva, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi, xarbiylar hamda mutasaddi idoralar vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlar haqida hikoya qiluvchi videorolik yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Shundan so‘ng so‘z olganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Musiqa maktabining iqtidorli o’quvchilari ijrosidagi go‘zal taronalar va raqslar barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Bu kabi tadbirlar mahallalarda davom etmoqda