Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanishning yangi tartibidan xabardormisiz?
2024-05-29 09:48:12 268
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanishning yangi tartibidan xabardormisiz?
1️⃣ Endilikda fuqarolar uchun qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 1-mayidan boshlab my.gov.uz portali orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi.
2️⃣ Shu bilan birga, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi tartibi ham saqlab qolingan holda, mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinishi mumkin.
✅ Bunda har ikkala usulda topshirilgan arizalar bir xil muddatda va bir xil mezonlar asosida ko'rib chiqiladi.
???? Yuqoridagi video orqali onlayn ariza berish tartibi bilan batafsil tanishing.
???? Eslatib o'tamiz: Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash bilan qo'shimcha savol va murojaatlaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilgan holda yoki @IHMA_1140 manziliga yo'llashingiz mumkin.