Font size Colour Picture

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

News subscription


On the site now 23 Users Statistics phone helpline


O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar ko‘lami kengaytirilmoqda.

×

 2024-05-29 09:49:15    239

Download pdf
Print out


O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar ko‘lami kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
☑️Qarorga muvofiq bir qator yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilmoqda:
1️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan hamrohlik xizmati;
2️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish xizmati;
3️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarini o‘tkazish xizmati;
4️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni huquqiy muhofaza qilish xizmati;
5️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish xizmati;
6️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarni parasport bilan shug‘ullanishlari uchun sport obyektlariga yo‘naltirish;
7️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni va ko‘ngillilarni jalb etish.
⚡️ Yana bir muhim jihat: Qarorga muvofiq, ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi fuqarolar tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanib borilishi belgilanmoqda.