Размер шрифта цвет картина

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Подписка на новости


На сайте сейчас 7 пользователей Статистика телефон доверия


Shaxsni haqorat qilganlik uchun javobgarlik qanday?

×

 2021-12-29 21:53:28    850

Скачать PDF
Печать


Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravadan (4 460 000 soʻmdan 8 920 000 soʻmgacha) 40 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

44 mln 600 ming soʻmgacha miqdorda jarima;

240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

44 mln 600 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha jarima;

240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

• jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;

• xavfli retsidivist tomonidan;

• tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa:

89 mln 200 ming soʻmdan 133 mln 800 ming soʻmgacha miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yilgacha ozodlikni cheklash;

1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

 

         Q.Abdullayev

         Jinoyat ishlari bo’yicha

         Quva tumani sudining sudyasi