Обращения юридических и физических лиц поступившие через веб сайт
Всего обращений: 38Статистика телефон доверия
2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
2022-09-22 09:48:17 487
2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-son hamda 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-son Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2022yil 10-fevraldagi “Mahalliy Budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-35-21-11-156-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 10-fevraldagi “Mahalliy Budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-35-21-11-156-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27bandiga asosan 2022 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri J.Zakirovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
-2022-yil 1-choragida “Tashabbusli Budjetlashtirish” jarayoni natijalari bo‘yicha ma’lumot 1 va 2-ilovaga muvofiq;
e-qaror.gov.uz 09.06.2022
-2022-yil 1-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini shakllanishi yuzasidan ma’lumot 3-ilovaga muvofiq;
-2022-yil 1-choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (U.Solijonov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda iyul oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli Budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), tuman hokimligi axborot xizmati (T.Xolmatov) tashabbusli Budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq Budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklansin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy Byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi (B.Abdullaev), tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (A.Siddiqov)lar zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi X.Umarov