Размер шрифта цвет картина

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Подписка на новости


На сайте сейчас 20 пользователей Статистика телефон доверия


2022-yil birinchi bosqichda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

 2022-09-22 09:50:02    494

Скачать PDF
Печать


2022-yil birinchi bosqichda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-son hamda 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-son Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 20-apreldagi Jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tadbirlarni tanlab olishva “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratishto‘g‘risida”gi VI-38-77-11-156-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan na’munaviyNizomning 27, 29-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 20-apreldagi Jamoatchilikfikri asosida shakillantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusijamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VI-38-77-11-156-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan na’munaviy Nizomning 27-bandiga asosan 2022-yil 1 bosqochda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgantadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligimoliya bo‘limi mudiri J.Zakirovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:

 

-2022-yil birinchi bosqichda “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoninatijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1va 2-ilovaga muvofiq;

-2022-yil birinchi bosqichda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;

-2021-yild birnchi bosqichda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarnimoliyalashtirish uchun yo’naltirilgan mablag‘lari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish”jarayonining ikkinchi bosqichi uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori 6 milliard 479 million so‘m miqdorida tasdiqlansin.

 

4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), Mahalla va oilani qo‘llabquvatlash bo‘limi (A.Isaxonov), Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (U.Solijonov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda iyul oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalbetish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.

 

5. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (J.Zakirov), tuman hokimligi axborotxizmati (T.Xolmatov) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborotportali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining

25-sanasiga qadar joylashtiribborish vazifalari yuklatilsin.

 

6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari –iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i (A.Siddiqov)hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirishmasalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi (B.Abduraximov)lar zimmasiga yuklansin.

 

Tuman hokimi                             X.Umarov


0.00 KB