Размер шрифта цвет картина

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Подписка на новости


На сайте сейчас 10 пользователей Статистика телефон доверия


Ta'lim maskanlarida “Maktab-mahalla-oila” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda

×

 2024-04-20 13:47:25    200

Скачать PDF
Печать


Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostidagi ishchi guruh a’zolari Quva tumanida joylashgan 5,11,15,26,40,49,64,66,va 84 - maktablarda bo‘lib, Milliy gvardiya hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalarini o‘rgandilar. 
Uchrashuvlarda hokim örinbosari, maktab direktorlari, inspektor-psixologlar va o‘qituvchilar bilan “Maktab-mahalla-oila” tamoyili asosida ta’lim jarayonida o‘quvchilarning davomatini tashkil etish, bu boradagi muammo va ularning yechimlari hamda o‘quv muassasalarida harbiy - vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. 
Shuningdek, "Xavfsiz maktab" loyihasiga asosan, maktablarning xavfsizligini ta’minlashda yangi tizim asosida joriy qilingan qorovullik xizmatini tashkil etish, o‘quv muassasalariga o‘rnatilgan "tashvish" tugmalari va videokuzatuv tizimlarini takomillashtirish, biometrik identifikatsiya tizimlarini joriy qilish hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning xizmat faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.