Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 14 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan

×

 2023-05-11 19:39:47    213

PDF юклаш
Чоп этиш


2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirildi.

Bundantashqari, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

-         Soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

-         bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

-         tovarlarhisobiniyuritish talab etilmaydi.

Ta’kidlashjoiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, Yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni keng aytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, doimiy ishbilan hamda munosib daromad olishini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni(PF–61-son, 26.04.2023 y.)qabul qilindi.

Farmongako‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ulartomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilandi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradilar.

Ta’kidlashjoiz, ayni kunlarda Quva tuman soliq  inspektsiуasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2023-yil aprel oyi davomida Quva tuman soliq  inspektsiуasi tomonidan 191 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 178 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.