Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
ONA TILIM O'LMAYDI
2023-10-26 13:08:41 159
Til millatni dunyoga tanituvchi eng muhim vositalardan biridir. Davlat, millat til bilan mavjud, ularning borlig‘i, ma’naviyati, o‘tmishi va kelajagi aynan til bilan bog‘liq. Shu bois, mamlakatimizda til taraqqiyotiga katta e’tibor qaratiladi.
2023-yil 25-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan Quva tumanida korxona, tashkilot va ta'lim muassasalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Ona tilim o'lmaydi" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirning ochilish qismida Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Z.Aliyevalar so'zga chiqib, tilning yurt taraqqiyotidagi o'rni hamda o‘zbek tilining tarixi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.