Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVA TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI “SAYYOR QABULI” BO’LIB O’TDI.
2021-05-11 16:06:56 643
Aholi murojaatlarini o’rganish va hal etish choralarini ko’rish maqsadida Quva tumani sektor rahbarlari tomonidan haftaning belgilangan kunlari joylarga chiqqan holda doimiy “Sayyor qabul”lar o’tkazilib kelinmoqda.
Bugun, tumandagi Turk maxalla fuqarolar yig’ini hududidagi 30-umumiy o’rta ta'lim maktabi binosida Quva tumani hokimi X.Umarovning fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Fuqarolarning muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida ularning murojaatlari tinglandi.
110 nafardan ortiq fuqarolar tuman hokimiga o’z masalalari bo’yicha murojaat qildilar. Xususan, kommunikatsiya tarmog’ini yaxshilash, tibbiy yordam ko’rsatish, yoshga doir va bolalar nafaqasi, moddiy yordam, bandlik masalalari va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
Ularning ayrimlariga joyning o’zida amaliy yordam ko’rsatilgan bo’lsa, boshqalariga tegishli soha mutasaddilari tomonidan o’rganib chiqilishi uchun fursat belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube