Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SAYLOV TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD?

×

 2021-05-24 18:52:35    725

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning V1-bobida saylov va referendumni tashkil etish hamda o’tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to’siqlarni yuzaga keltirgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha jarima jazosi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini ko’rib chiqishni g’ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Nomzodning, ishonchli vakilining, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Saylovoldi tashviqotini, referendumga qo’yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Saylov natijalariga ta'sir ko’rsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya to’g’risida ataylab yolg’on ma'lumotlarni e'lon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solish belgilangan.

  Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko’rish va saylov yoki referendum o’tkazish jarayonida qasddan yo’q qilib yuborganlik yoki ularga qasddan shikast yetkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e'lon qilish) tartibini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. 

Q.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tumani sudining sudyasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube