Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XONABOD MAXALLASIDA YASHOVCHI FUQAROLARGA SEKTOR RAHBARI VA DEPUTATLAR TOMONIDAN TAKRORIY EKIN EKISH UCHUN YER MAYDONLARI AJRATIB BERILDI.
2021-06-16 21:04:44 747
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yilning 8 iyun kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida aholi bandaligi ta'minlash bo’yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumanida sektor rahbarlari hamda mas'ul rahbarlar tomonidan tumanda ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini kafolatli ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tegishli mas'ullar tomonidan qishloq xo’jaligida faoliyat yuritish istagi bo’lgan va ajratiladigan yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatiga ega, mehnatga layokatli aholi ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning aniq ro’yhatlari shakllantirilib olindi.
Bugungi kunda ushbu fuqarolarning qo’shimcha daromad manbaini yaratish, shu bilan birga tumanimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash maqsadida sektor rahbarlari tomonidan joylardan g’alladan bo’shagan yer maydonlari fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun ajratib berilmoqda.
Bugun 4-sektor hududidagi Xonabod maxalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 30 nafarga yaqin fuqarolarga sektor rahbari va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 6 gektar yer maydoni bepul ikkilamchi ijara shartnomasi asosida ajratib berildi. Shuningdek mazkur yer maydoni fermer xo’jaliklari tomonidan somondan tozalanib, ekin ekish uchun tayyor holga keltirildi. Mazkur fuqarolarga yoshlarni mehnat qilishga o’rgatish, dehqonchilik madaniyatini singdirish va yer munosabatlarini tartibga solish bo’yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube