Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVA TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI “SAYYOR QABULI” BO’LIB O’TDI.
2021-07-27 15:10:21 759
Aholi murojaatlarini o’rganish va hal etish choralarini ko’rish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumani sektor rahbarlari tomonidan joylarga chiqqan holda “Sayyor qabul”lar o’tkazish va aholi murojaatlarini hal etish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, tumandagi Tinchlik maxalla fuqarolar yig’ini hududidagi maktab internati binosida Quva tumani hokimi tomonidan fuqarolar ishtirokida sayyor qabul bo’lib o’tdi. Fuqarolarning muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida ularning murojaatlari tinglandi.
140 nafardan ortiq fuqarolar tuman hokimiga o’z masalalari bo’yicha murojaat qildilar. Xususan, kommunikatsiya tarmog’ini yaxshilash, tibbiy yordam ko’rsatish, yoshga doir va bolalar nafaqasi, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik masalalari va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
Ularning ayrimlariga joyning o’zida amaliy yordam ko’rsatilgan bo’lsa, boshqalariga tegishli soha mutasaddilari tomonidan o’rganib chiqilishi uchun fursat belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube