Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ODAM SAVDOSI ASR VABOSI

×

 2021-07-28 14:16:40    2527

PDF yuklash
Chop etish


Insonning nechog’lik qadri baland va ulug’ mavjudot ekanligi ma'lum. U tabiat boyliklaridan lazzatlanishi, sog’-salomat, kuchli va aqlli bo’lishi uchun, o’zini-o’zi asrab avaylashi, himoya qilishi hamda shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishi lozim. Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma'naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo’lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo’lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lami ham shunchalik kengaymoqda. Oradan yillar o’tgan sari odam savdosiga qarshi kurash dunyoning barcha mamlakatlarida amalda bo’lmasin, bu muammo bizni hozirgi kunda ham qattiq tashvishga solmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismida Odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko’rsatilgan.

 

Z.Omonov
Jinoyat ishlari
bo’yicha Quva tumani sudining raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube