Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FAYZLI KO’CHASINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANADI.
2021-09-04 20:32:19 662
Gulobod MFY Fayzli ko’chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi tarmog’ini tortish va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash masalasida qilgan murojaatlari shaxsan tuman tuman hokimining rahbarligida tegishli mas'ullarni jalb etgan holda joyiga borgan holda hamda fuqarolarning ishtirokida ko’rib chiqildi.
Bugungi kunda ushbu ko’chada haqiqatda elektr ta'minoti bilan bog’liq bir qator muammolar borligi hamda ushbu muammolarni hal etish maqsadida hozirda 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha 2021 yilda tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturiga asosan joriy yilda mazkur ko’chadagi mavjud KTP-555 ga 10/0,4 kVli havo tarmog’i qurish va tayanch ustunlar o’rnatilishi belgilangan bo’lib, bu ishlarni amalga oshirish joriy yilning sentyabr-oktyabr oylariga rejalashtirilgan. Hozirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar uchun byudjet mablag’lari hisobidan qariyb 145 mln.so’m mablag’ sarflanadi. Qurilish va tarmoq tortish ishlari joriy yilning oktyabr oyiga qadar yakunlanadi.
Shuningdek ushbu ko’chada istiqomat qiluvchi aholi honadonlariga joriy yilning 25 avgustiga qadar suyultirilgan gaz balonlari to’liq yetkazib berilgan bo’lib, mas'ullarga aholining talab va istaklari hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib texnikalarni ushbu ko’chaga qadar olib kirish bo’yicha topshiriq berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube